O'zbekiston

Moturidiylik: bag‘rikenglik va maʼrifatga asoslangan aqidaviy meros

Samarqandda Imom Abu Mansur Moturidiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Moturidiylik: bag‘rikenglik va maʼrifatga asoslangan aqidaviy meros

29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida Abu Mansur Moturidiy 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. “Moturidiylik — bag‘rikenglik, moʻtadillik va maʼrifat taʼlimoti” nomidagi xalqaro nufuzli konferensiyaga yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilgan.

 

Xalqaro anjuman Imom Moturidiy ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish, Moturidiylik taʼlimotidagi moʻtadillik va bag‘rikenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.  

 

Xalqaro anjumanda mahalliy olimlar bilan bir qatorda  Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Turkiya,  Marokash, Iordaniya, Italiya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi o‘nlab davlatlardan xorijiy olimlar ham ishtirok etmoqda. 

 

Xalqaro anjuman “Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosining islom ilmlari rivojidagi o‘rni”, “Moturidiylik taʼlimotida  umuminsoniy  qadriyatlar talqini”, “XXI asrda Moturidiylik taʼlimotining ahamiyati”  shoʻbalar kesimida o‘z faoliyatini olib boradi.  

 

Maʼlumot uchun, Imom Abu Mansur Moturidiy 870 yil Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida. tug‘ilgan. Musulmonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashda ko‘rsatgan jonbozligi tufayli olimlar orasida “Imom al-huda” (Hidoyat imomi), “Rais ahli sunna val jamoa” (Ahli sunna val jamoa raisi), “Musahhih ahli sunna val jamoa” (Ahli sunna val jamoani to‘g‘ri yo‘lga soluvchi), “Imom al-Mutakallimin” (Mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan tanilgan.

 

U asos solgan moturidiylik maktabi bugungi kunda sunniylik yo‘nalishidagi 2 yirik eʼtiqodiy taʼlimotdan biri hisoblanadi. Bu aqidaviy mazhablar – moturidiylik va ashʼariylikdir. Imom Moturidiy ilgari surgan aqidaviy qarashlari o‘sha davrda mintaqada kuzatilgan turli adashgan oqimlar faoliyatiga barham berishda muhim rol o‘ynagan.

 

Bugungi kunda 1,9 milliardlik dunyo musulmonlarining  750 milliondan ortig‘i moturidiylik aqidaviy yo‘nalishiga mansub hisoblanadi. 

 

Imom Moturidiy o‘zidan aqida, tafsir, fiqh va usul al-fiqh sohalari bo‘yicha boy maʼnaviy meros qoldirgan. Uning “Kitob at-tavhid”, “Taʼvilot al-Qurʼon” kabi 20 ga yaqin asar yozgani manbalarda keltirilgan. Mazkur kitoblardan bizgacha “Kitob at-tavhid” va “Taʼvilot al-Qurʼon” asarlarigina yetib kelgan. 

 

Imom Abu Mansur Moturidiy 944 yil vafot etgan.  

 

Imom Moturidiy taʼlimoti uning izdoshlari tomonidan rivojlantirilib, aqidaviy mazhab darajasiga yetib kelgan. Ushbu jarayonda Abu Muin Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy kabi allomalarning o‘rni katta bo‘lgan.

 

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Imom Moturidiy ilmiy merosini o‘rganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 2020 yil 3-4 mart kunlari Samarqand shahrida katta xalqaro konferensiya, 11 avgustda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu ikki manba Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.

custom img

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Yangi tizim doirasida suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformaga o‘tkaziladi.

custom img

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

custom img

Kapital bozori isloh qilinadi: Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini ma’qulladi

Hujjat kapital bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish hamda investorlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

custom img

Janubiy Koreyaga ishga yuborishdagi 90 mln dollarlik ish bo‘yicha sud boshlanadi

Jinoyat ishi doirasida to‘rt nafar shaxsga nisbatan bir qator og‘ir moddalar bilan ayblov e’lon qilingan.

custom img

Qariyb 600 million so‘m yutuqqa ega “Yil o‘qituvchisi” tanlovining final sinovlari o‘tkazilmoqda

Mazkur tanlovda Respublikaning 208 ta hududida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

custom img

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"