O'zbekiston

Toshkentda xizmatdagi YPX inspektorini mashina urib ketdi

Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Toshkentda xizmatdagi YPX inspektorini mashina urib ketdi

 

23-aprel kuni ertalab soat 08:30 atrofida Toshkent shahrining Dormon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorini Tracker rusumidagi avtomobil urib yubordi. Bu haqda tegishli idoralar xabar berdi.

 

Voqea tirbandlikning oldini olish uchun inspektor chorrahaning markazida tartibni nazorat qilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Uning aytishicha, qaysi qatordan kelgani aniq bo‘lmagan Tracker to‘satdan kelib urgan.

 

Og‘ir tan jarohatlari olgan inspektor shifoxonaga yetkazilgan. Unga chap son suyagining bir necha joydan sinishi, chap tizza va oyoq sohasida lat yeyish, shuningdek, o‘ng va chap qo‘l teri shikastlanishi tashxisi qo‘yilgan.

 

Voqea joyida bo‘lgan boshqa xodimlar va Milliy gvardiya tezkor yordam ko‘rsatgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda xizmatdagi YPX inspektorini mashina urib ketdi | Zamon.uz