Nyu-York – Toshkent yo‘nalishida maxsus charter reys tashkil etilmoqda
Reys orqali AQSHda og‘ir ahvolga tushib qolganlar vatanga qaytariladi.

Bugun, 30 aprel kuni AQSH hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus charter reyslar amalga oshirilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, mazkur repatriatsiya tashabbusi xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini taʼminlash va ularni vatanga qaytarishga qaratilgan. Reyslarni tashkil etish jarayoni ikki davlatning konsullik va migratsiya xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Qaytarilayotgan fuqarolar orasida viza talablarini buzgan yoki AQSHda qonuniy qolish muddati tugagan shaxslar bo‘lishiga qaramay, jarayon insonparvarlik va huquqiy tamoyillar asosida tashkil etilmoqda.







