O'zbekistonda IELTS imtihonidan navbatdagi 9 ball
Bu safargi 9 ball sohibi — 38 yoshli erkak.

27-aprel kuni Oʻzbekistonda IELTS xalqaro imtihonidan navbatdagi maksimal natija qayd etildi. Bu haqda IDP oʻzining rasmiy Telegram sahifasida xabar berdi.
Bu safargi 9 ball sohibi — 38 yoshli, rus millatiga mansub, ammo Oʻzbekistonda yashovchi Boyko Stanislav. Uning aytishicha, hech qanday “sirli masalliq” yoʻq. Natija — diqqatni jamlash va davomiylikni toʻxtatmaslikda.







