Rossiya Xarkovga hujum uyushtirdi
Shahar bo‘ylab kamida 10 ta yong‘in yuzaga kelgan.

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya hujumi oqibatida Xarkovda 45 kishi jabrlangan. Shaharning bir nechta hududlari zarba ostida qoldi. Rossiya dronlaridan biri tibbiyot muassasasi yaqiniga qulagan, boshqasi esa ko‘p qavatli uyga borib urilgan. Shahar bo‘ylab kamida 10 ta yong‘in yuzaga kelgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmatining xabar berishicha, kamida 77 ta uy zarar ko‘rgan.







