Shayxontohur tumani hokimligi binosi savdoga qo‘yildi
Uning o‘rnida zamonaviy mehmonxona barpo etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimligi binosini E-auksion elektron platformasiga joylashtirdi.
Umumiy maydoni 7382 kvadrat metrni tashkil etadi, barcha kommunikatsiyalar mavjud. Bino “O‘rda” mahallasi A. Qodiriy ko‘chasida joylashgan.
Xaridor uning o‘rnida zamonaviy mehmonxona qurishni zimmasiga oladi. Hokimlik xodimlari 1 iyulga qadar binoni tark etadi. Ushbu sanadan boshlab xaridor obektdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich bahosi - 101 mlrd so‘m, zakalat miqdori - 3 mlrd so‘m. Arizalar 26-may 09:00 gacha qabul qilinadi, auksion shu kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.







