Toshkentdagi uydan bir metrli ilon chiqdi
Hozirda u hayvonot bog‘i masʼullariga topshirilgan.

Kecha, 29 aprel kuni soat 23:24 da Toshkent shahar FVBga Chilonzor tumani “Shosh” ko‘chasida joylashgan uylardan birining ichiga 1 metrli ilon kirib olganligi va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chilonzor tumani FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan. Qutqaruvchilar tomonidan uyning ichiga kirib olgan 1 metrli ilon maxsus idishga solinib, hayvonot bog‘i masʼullariga topshirilgan.







