O'zbekiston

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Zamonaviy texnikalar yong‘inga qarshi kurashish, terassa usulida o‘rmonlar barpo etish, ko‘chat ekish va ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan.

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yana-da oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 199-son Farmonida o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash belgilangan.

 

Ushbu farmonga asosan Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun maxsus texnikalarni sotib olish, xo‘jaliklarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2024 – 2026-yillarda respublika budjetidan talab etiladigan zarur mablag‘lar ajratilmoqda.

 

Shunga muvofiq, 2025-yilda respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 81 ta qishloq xo‘jaligi texnikalari – 15 ta traktor, 55 ta kultivator, 6 ta mini ekskavator va 5 ta suv tashuvchi avtomashina xarid qilindi.

 

Ushbu texnikalarning barchasi “Toshkent traktor zavodi”, “Samarqand avtomobil zavodi” hamda Xorazmdagi “UzXCMG” kabi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan.

 

Bugun Toshkent shahridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazida ushbu texnikalar hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklariga tarqatildi. Tadbirda o‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Agentlikning masʼul rahbar va xodimlari, hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirni E. Muhiddinov kirish so‘zi bilan ochib, sohada amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, davlatimiz tomonidan o‘rmon xo‘jaliklari moddiy-texnik bazasini yaxshilashga qaratilayotgan yuksak eʼtiborni eʼtirof etdi.

 

“Bilamizki, yurtimizda ekologik barqarorlikni taʼminlashda o‘rmonlarning o‘rni katta. Shu maqsadda oxirgi yillarda o‘rmon xo‘jaligi sohasida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda mehnat qilayotgan har bir xodimga yana-da masʼuliyat yuklaydi. Prezidentimizning bevosita eʼtibori bilan bugun hududlarga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining berilayotgani soha xodimlariga yana-da masʼuliyat yuklaydi. Yanada kuch-g‘ayrat va shijoat bilan ishlashga undaydi”, – dedi E.Muhiddinov.

 

Zamonaviy texnikalar yong‘inga qarshi kurashish, terassa usulida o‘rmonlar barpo etish, ko‘chat ekish va ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun mo‘ljallangan. Endilikda respublika hududlarida ushbu maxsus texnikalar yordamida yashillik darajasini yana-da oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini keng ko‘lamda davom ettirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash imkoniyati yana-da kengayadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.