Urgancha va Xivada davlat binolari sotuvga qo'yilmoqda
Bu turizm va ishlab chiqarish sohalari rivojida muhim ahamiyatga ega.

Xususiylashtirish dasturiga asosan 2025-yilda Xorazmda 41 ta davlat binosi, 350 gektar yer uchastkasi savdoga qo‘yilmoqda.
“Bu xizmat ko‘rsatish, turizm va ishlab chiqarish sohalari uchun katta imkoniyat”, - dedi davlatimiz rahbari.
Masalan, Urganch shahridagi o‘rganishlar natijasida 61 ming kvadrat maydoni, 21 gektar yeri bo‘lgan 45 ta davlat binosi aniqlandi. Ular negizida mehmonxona, xizmat ko‘rsatish va savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar qurib, kamida 500 kishini band qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Xiva shahrida faqat turistlarga xizmat ko‘rsatadigan obyektlar bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Angarik mahallasidagi bo‘sh maydonda maʼmuriy binolar qurilib, Xiva shahridagi barcha davlat tashkilotlari shu yerga ko‘chiriladi.
Mutasaddilarga Urganch, Xivadagi barcha maʼmuriy binolarni savdoga chiqarish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.







