Saida Mirziyoyeva AQSH elchixonasiga tashrif buyurdi
Prezident yordamchisi tantanali qabul marosimida ishtirok etgan.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSHning O'zbekistondagi elchixonasida Mustaqillik kuni tadbirida ishtirok etdi.
“AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali qabul marosimida ishtirok etganimdan mamnunman.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik aloqalari bundan buyon ham o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlar asosida mustahkamlanishiga ishonaman”, deb yozdi Mirziyoyeva o'z telegram kanalida.







