O'zbekiston

“Qo‘yliq” bozorida qurilish ishlari boshlandi

Bozorda savdo to‘xtatiladimi?

“Qo‘yliq” bozorida qurilish ishlari boshlandi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘yliq” bozoridagi rastalar buzib tashlangani aks etgan videolar tarqalgandi.

 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Qo‘yliq” bozorining muqobil savdo joylarini tayyorlash zarurati tufayli ilgari to‘xtatilgan qismini qayta tashkil etish va obodonlashtirish ishlari qayta tiklandi.

 

Maʼlum qilinishicha, ayni paytda bozor hududida tadbirkorlar uchun yana-da tartibli sharoitlar yaratilmoqda, infratuzilma modernizatsiya qilinib, sanitariya holati yaxshilanmoqda. Shu bilan birga, bozorda savdo davom etmoqda.

 

“Bozor yopilmayapti, uning faoliyati tartibga solish, sanitariya holatini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga eʼtibor qaratgan holda optimallashtirilmoqda” - deyiladi hokimlik xabarida.

 

Maʼmuriyat, shuningdek, bozor hududida islohotlar boshlanishidan oldin ko‘plab muammolar to‘planib qolganini taʼkidladi. Ular orasida kriminogen omillar, eskirgan kommunikatsiyalar tufayli yuzaga kelgan kichik yong‘inlar, sanitariya meʼyorlarining buzilishi hamda qulaylik va odamlar salomatligiga xavf soluvchi tartibsiz savdo holatlari mavjud edi.

 

“Bu holatlarni eʼtiborsiz qoldirib bo‘lmasdi. Shu bois bozorni xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga moslashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ishonchimiz komilki, barcha ishlar yakunlangach, ushbu hudud ham tadbirkorlar, ham tashrif buyuruvchilar uchun yana-da qulay, xavfsiz va shinam bo‘ladi” - deyiladi hokimlik xabarida.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Qo‘yliq” bozorida qurilish ishlari boshlandi | Zamon.uz