O'zbekiston

Samarqandda 7 oylik chaqaloq ko'chaga tashlab ketildi

Holat tegishli organlar tomonidan o'rganilmoqda.

Samarqandda 7 oylik chaqaloq ko'chaga tashlab ketildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 7 oylik go‘dakni ko‘chaga tashlab ketish holati bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

 

Bolalar ombudsmani holatni alohida nazoratga olib, hozirda ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol o‘zining 7 oylik farzandini Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi mahalla hududida tashlab ketgan. Ayolning yashirinib olgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bola esa tumandagi go‘daklar uchun mo‘ljallangan muassasaga joylashtirilib, unga zarur parvarish ko‘rsatilmoqda.

 

Ayolning shaxsi aniqlangan bo‘lib, uning harakatlariga nisbatan huquqiy baho berish jarayoni davom etmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Samarqandda 7 oylik chaqaloq ko'chaga tashlab ketildi | Zamon.uz