O'zbekiston

Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi

Uning o’rniga muqobil ta’lim shakllari paydo bo’ladi.

Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi

 

• Prezident farmoniga ko’ra, (https://www.lex.uz/pdfs/7513052) 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi. Ya’ni joriy yilda sirtqiga hech kim olinmaydi. Boshqacha aytganda, 1 yarim oydan keyin boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqiga kvota berilmaydi;

 

• mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi;

 

• bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yo’nalishlarda tugatiladi. Ya’ni falon yo’nalishda sirtqi bor, piston yo’nalishda sirtqi yopildi, degan gap yo’q. Endi hech qaysi yo’nalishga sirtqi uchun talaba qabul qilib bo’lmaydi;

 

• hozir o’qiyotgan yuqori bosqich talabalari o’qishini sirtqida davom ettiraveradi. Ya’ni sirtqi uchun qabul to’xtatildi, sirtqiga boshqa yangi talaba olinmaydi, ammo sirtqilarning o’zi yopilgani yo’q;

 

• sirtqining o’rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo’yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko’proq masofaviy ta’lim shakli bo’lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo’yicha o’qitishga ruxsat beriladi;

 

• oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo’yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo’l qo’yilmaydi. Ya’ni kunduzgiga 100 kishi qabul qilsa, unda muqobil ta’lim shakliga 50 kishidan ko’p qabul qila olmaydi. Bu avvalgidek, faqat kvota e’lon qilish bilan o’lchanmaydi, balki avval kunduzgining qabulini tugatib, olgan talabalari sonidan kelib chiqib, keyin 50% muqobilga olishi mumkin bo’ladi;

 

• magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o’qitishga ruxsat beriladi. Bungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o’qitsa bo’ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirtqi ta’limga qabul butunlay yopildi | Zamon.uz