O'zbekiston

Jizzaxda erkak 4 mln alimentni tangada to‘ladi

U shu orqali ayolini qiyin ahvolga tushirmoqchi bo‘lgan.

Jizzaxda erkak 4 mln alimentni tangada to‘ladi

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida aliment qarzdorligi bo‘yicha noodatiy holat qayd etildi. Majburiy ijro byurosi maʼlumotiga ko‘ra, bir fuqaro 4 million so‘m miqdoridagi aliment qarzini to‘lash uchun ushbu mablag‘ni mayda tangalar — 10, 50, 100 va 500 so‘mlik pullarda to‘lashga harakat qilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, fuqaro L.M. sobiq turmush o‘rtog‘i O.L. foydasiga farzandini taʼminlash maqsadida sud qarori asosida aliment to‘lashi lozim edi. Biroq u belgilangan majburiyatni bajarmasdan, katta miqdorda qarzdor bo‘lib qolgan.

 

Qonun talablarini anglagan holda, ota alimentni to‘lashga rozilik bildirgan, ammo u bu orqali sobiq turmush o‘rtog‘ini qiyin ahvolga solishni maqsad qilganini taʼkidlagan. U 4 million so‘mlik mablag‘ni mayda tangalarga aylantirib, shaxsan olib borib topshirish niyatida bo‘lgan va shu orqali aliment oluvchi ayolning vaqtini tangalarni sanashga sarflashini istagan.

 

Biroq tangalar bank xodimlari bilan birgalikda sanab chiqilib, ular aliment oluvchi onaning bank kartasiga o‘tkazib berilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda erkak 4 mln alimentni tangada to‘ladi | Zamon.uz