Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Unda tibbiyot sohasidagi masalalar muhokama qilinmoqda.

So‘nggi 7 yilda tibbiyotga ajratilayotgan mablag‘ 6 karra oshgani va joriy yilda 42 trillion so‘mga yetgani taʼkidlandi.
Mahalladagi birlamchi bo‘g‘in bilan ixtisoslashgan xizmatlarni bog‘laydigan kompleks tizim yaratildi. Ilgari faqat poytaxtda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyot viloyat va tumanlarda o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda har o‘n ming aholiga 27 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil ko‘rsatkich. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.
"Ko‘rib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalashtirishda ham muammo yo‘q. Lekin, sifat-chi? Bu borada eʼtirozli savollar juda ko‘p",– dedi davlatimiz rahbari.







