Andijondagi bog‘da 44 tup daraxt kesib tashlandi
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Xonobod shahridagi A. Navoiy bog‘ida daraxtlar kesilayotgani haqida xabar tarqalmoqda. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, hech qanday manzarali daraxtlar kesilmagan. A.Navoiy bog‘i hududida ko‘rsatib o‘tilgan daraxtlar terak daraxtlar hisoblanadi. Ular aholi salomatligiga ziyon keltiruvchi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekanligini inobatga olingan.
Shuningdek, Xonobod shahrining tabiati, toza havosini ifloslanishiga olib kelmasligi nuqtayi nazaridan ushbu daraxtlar kesilib o‘rniga boshqa manzarali daraxtlar ekilmoqda.
O‘rganish natijasida 14 dona terak daraxtlarini kesganligi aniqlanib, Ushbu holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga taqdim etilgan.







