O'zbekiston

“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi.

“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak”

Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 80 yil bo‘ldi. Shuncha vaqt o‘tsa-da uning tarixi, kulfat va musibatlari unutilmaydi. Aksincha, urushning mudhish oqibatlari, tinchlik-osoyishtalik qadrini yodga soladi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni zamirida ana shunday mohiyat mujassam.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi.

 

Bog‘ bo‘ylab mungli kuy taraladi. Bu yerdagi har bir yodgorlik, timsol va bitiklar mudhish urush haqiqatlarini ifoda etadi, xalqimizning g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasini urg‘ulaydi. Bog‘ bugungidek bayram kunlarida, ayniqsa, gavjum bo‘ladi.

 

So‘nggi yillarda shakllangan anʼanaga muvofiq, davlatimiz rahbari “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu muazzam obida urushda xalqimiz chekkan azob-uqubatlar, matonat va yo‘qotishlarning ifodasidir.

 

Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan. 

 

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani ularning jasoratidan dalolat beradi.

 

Mamlakatimiz urush yillarida frontning mustahkam taʼminot bazasiga aylangan, jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, kiyim va oziq-ovqatlar yetkazib turilgan. G‘oyat og‘ir sharoitga qaramay, xalqimiz urush hududlaridan ko‘chirib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani o‘z bag‘riga olib, mehr ko‘rsatgan.

 

– Bular chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir. Bunday murakkab va shonli g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan matonatli xalqimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi. Bu qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz, yoshlarimizga yetkazishimiz kerak. Ayniqsa, hozirgi tahlikali zamonda buning ahamiyati nihoyatda katta. Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlanmoqda. Bugungi avlodlar tinchligi, mamlakatimiz barqarorligi uchun jon fido qilgan insonlar xotirasi hurmat bilan yodga olinmoqda. Ayni vaqtda hayot bo‘lgan mehnat faxriylari va keksalarga ehtirom ko‘rsatilmoqda.

 

Tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi.

 

Davlatimiz rahbari bog‘da o‘rnatilgan “Xotira nuri” kompozitsiyasini ham ko‘zdan kechirdi. U Ikkinchi jahon urushi va front ortida mehnat qilgan o‘zbekistonlik qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan. Monument parvoz qilayotgan ikki qush shaklida bo‘lib, katta va yosh avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni ifodalaydi. 

 

Asar tarixiy meros va zamonaviy sanʼatni o‘zida mujassam etgan. Unga QR-havola o‘rnatilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchilar majmua va urush qahramonlari haqida o‘qishi, “Xotira nuri” kitobini yuklab olishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Hammamiz vatan himoyasiga har kuni tayyor bo‘lishimiz kerak” | Zamon.uz