Lifestyle

Olimlar Yerda kichik muzlik davri boshlanishini ogohlantirmoqda

40 yildan keyin Yerda iqlim sovishi boshlanishi mumkin.

Olimlar Yerda kichik muzlik davri boshlanishini ogohlantirmoqda

 

Rossiya va Finlyandiya olimlarining qo‘shma tadqiqoti natijalariga ko‘ra, insoniyat 40 yil ichida yangi kichik muzlik davriga duch kelishi mumkin. Bu haqida ilmiy “Geosciences” jurnalida e’lon qilingan maqolada ma’lumot berildi.

 

Tadqiqot Rossiya Fanlar akademiyasining Kola ilmiy markazi hamda Finlyandiya tabiiy resurslar instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan. Olimlar daraxt halqalarining 7600 yillik xronologiyasini chuqur o‘rgandilar va sun’iy intellektdan foydalangan holda Yerdagi iqlim tsikllarini tahlil qilishgan. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2063–2073 yillar oralig‘ida global sovish davri boshlanishi ehtimoli katta.

 

Mutaxassislar bu jarayonning asosiy sabablarini quyosh faolligining kamayishi va vulqon faolligining kuchayishi bilan bog‘lashmoqda. Quyoshdagi jarayonlar global haroratga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, quyosh dog‘larining kamayishi Yer atmosferasiga yetib keladigan energiya miqdorini pasaytiradi.

 

Shuningdek, global isish jarayonini vaqtincha sekinlashtiruvchi bu omil, uzoq muddatda insoniyatga yangi iqlim muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Muzlik davrlar Yer tarixida har 300–400 yilda qaytarilib turadi va bu navbatdagi bosqich sifatida ko‘rilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Olimlar Yerda kichik muzlik davri boshlanishini ogohlantirmoqda