O'zbekiston

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda keskin noroziliklarga sabab bo‘lgandi.

Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan video: Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

5-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 1978-yilda tug‘ilgan aktrisa Nilufar Hamidovaga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, Hamidova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan mayda bezorilikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Avvalroq aktrisaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng ichki ishlar organlari holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazib, uning xatti-harakatlariga huquqiy baho bergan.

 

IIB xodimlari bilan suhbatda Hamidova jamoatchilikdan uzr so‘ragan va bunday mazmundagi videolarni boshqa tayyorlamasligini bildirgan. Keyinchalik unga oid ma’muriy ish hujjatlari sudga yuborilgan.

 

Ma’lumot uchun, Hamidova avval ham ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari sababli «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etish yuzasidan ogohlantirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 5-6-noyabr kunlari Ostona shahrida bo‘ladi.

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Uchtepadagi chaqnash sabablari o‘rganilmoqda: prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Hodisada bir kishi jarohatlangan edi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.