O'zbekiston

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi

“Xalqimiz nomidan barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman”, dedi davlat rahbari ular bilan suhbatda.

Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi “Millat fidoyilari” xiyobonida bo‘ldi.

 

Davlatimiz rahbarining g‘oyasi asosida tashkil etilgan ushbu yodgorlik mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan.

 

Majmua yuqoridan qaraganda davlatimiz bayrog‘idagi yarim oy va o‘n ikki yulduz shaklida namoyon bo‘ladi. Qariyb ikki metrli yulduzlarning qirralari bitiktosh vazifasini ham o‘taydi. Ularning yon taraflariga 196 nafar qahramonlarimiz nomi zarhal harflar bilan yozilgan. Bu bitiklar yoniga monitorlar o‘rnatilgan bo‘lib, millat fidoyilari  to‘g‘risida maʼlumotlar foto va videolar orqali namoyish etib boriladi. Yaʼni, ularning faqat nomi emas, bolaligi, orzulari, ishi va oilasi ko‘z oldimizda jonlanadi.

 

Bayrog‘imizdagi yarim oy moʻjaz amfiteatr shaklida xiyobonga ko‘rk bag‘ishlagan. Uning tepasidan poklik ramzi – suv oqib turadi. Oyning orqa tarafidagi haykaltaroshlik kompozitsiyasi badiiy g‘oyaga yakun yasagan. Uning markazida farzandini harbiy xizmatga kuzatgan ota-ona siymosi gavdalantirilgan. Ikki yonida Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oliy sud va prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya kabi tuzilmalar xizmatchilari aks ettirilgan.

 

Prezidentimiz shu yerda marhum harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan uchrashdi.

 

– Har yili bu yerga kelib, Ikkinchi jahon urushidagi yo‘qotishlarni eslaymiz. Endi mustaqillik fidoyilariga bag‘ishlangan ushbu majmuani tashkil qilganimiz xayrli ish bo‘ldi. Chunki ular ham milliy qahramonlarimiz. Shu jihatdan, bu maydonning maʼnaviy ahamiyati katta. Bu ham o‘zlikni anglash, bu ham inson qadri, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlatimiz rahbari vatan himoyachilarining oila aʼzolariga chuqur hurmatini bildirdi.

 

– Bu jasur o‘g‘lonlar tahlikali vaziyatda o‘zini o‘ylamay, burchiga sodiq qolib, xalqi uchun jonini fido qilgan. Hozirgi tinchlikda, osmonimiz musaffoligida ularning katta hissasi bor. Oilalari, barcha yaqinlari bilishi kerakki, ular oramizda xuddi tirikdek, nomlari hech qachon o‘chmaydi. Buni mana shu maydonda muhrlab qo‘ydik. Men ularning ota-onalariga, turmush o‘rtoqlariga taʼzim qilaman. Farzandlari qahramon otalariga munosib bo‘lishini istayman, – deya taʼkidladi Prezident.

 

Millat fidoyilari tug‘ilgan tumanlarda xotira tadbirlari o‘tkazish, ularning mardligini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish, qahramonliklari haqida asarlar yozish zarurligi taʼkidlandi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilarini ham ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.

 

– Avvalo, sizlarni, siz orqali barcha faxriylarimizni G‘alabaning 80 yilligi bilan tabriklayman. Xalqimiz nomidan barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning qahramonligingiz tufayli bugungi avlodlar shunday tinchlik-forovonlikda yashayapti. Bu tinchlikning qadrini yoshlarimizga sizlar orqali yetkazishimiz kerak. Hayotingizning o‘zi bizga namuna. Har bir gapingiz juda katta taʼlim, bilim. Ilohim, sog‘lig‘ingiz mustahkam bo‘lib, ko‘p yillar faxrimiz, duogo‘yimiz bo‘lib yuring, – deya tilak bildirdi Shavkat Mirziyoyev.

 

Nuroniylar yurtimizda tarixiy xotira ulug‘langani, keksalarga katta hurmat-eʼtibor ko‘rsatilayotganini aytib, duolar qilishdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19 fevraldagi qaroriga muvofiq, urush va mehnat faxriylariga munosib hurmat ko‘rsatilmoqda. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming AQSH dollari miqdorida, ushbu toifaga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, mehnat fronti qatnashchilariga 3 million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari berilmoqda. Ko‘plab muhtaram nuroniylarga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari topshirilmoqda.

 

Urush faxriylari va nogironlari uchun tibbiy va ijtimoiy xizmatlar, jumladan, patronaj xizmati ko‘rsatilmoqda. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra sanatoriylarda davolanmoqda.

 

Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari ishtirokida urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila aʼzolarining holidan xabar olinib, yumushlariga yordamlashilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.