Sabrina oyoqqa turdi, Ozoda Nursaidova Yulduz Usmonovaga rahmat aytdi, Shohrux Xon Nyu-Yorkda
Zamon.uz mashhurlar olamidagi so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi.

Ozoda Nursaidova qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlagani uchun Yulduz Usmonovaga minnatdorlik bildirdi. Yulduz Usmonova Sabrina Jabborova bilan bo‘lgan hodisada Ozodaning aybi yo‘qligini aytib o’tgandi. Ozoda Nursaidova esa bunday qo‘llab-quvvatlashni kutmaganligini va bundan xursand bo‘lganini aytib o‘tgan.

Bloger Shahlo Alijonova hammani bolalikka qaytaradigan hazilomuz video oldi.

Sabrina Jabborova va uni oyoqqa qo‘ygan shifokorlar Toshkentda tantanavor tarzda kutib olindi.

Lola hamkasbi Sevara Nazarxon konsertida o‘zgacha obrazda namoyon bo‘ldi.

Malika Egamberdiyeva jajji qizalog‘ining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Yulduz Usmonova ayrim shoirlar ustidan O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziriga murojaat qildi.

Bollivud qiroli Shohruh Xon Met Gala balida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka keldi. Muxlislar Xonni ko‘rish uchun u joylashgan mehmonxona oldida yig‘ilishdi.








