Toshkentda uylardan birida yong‘in chiqdi
Shahar FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bugun, 8 may kuni soat 14:40 da Mirobod tumani Sarakul ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 14:50 da yetib borib, yong‘in soat 14:57 da qurshab olingan va soat 15:04 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







