Andijonda Labo va Damas avariyaga uchradi
Bunga haydovchi rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Hodisa bugun, 9 may kuni soat 05:10 larda Baliqchi tumanida yuz bergan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi Labo rusumli avtomobilni charchoq xolatida boshqarib ketayotib, uxlab qolishishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashgan.
Ushbu YTH oqibatida Labo haydovchisi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







