O'zbekiston

Boysunda 53 tup Zarafshon archalari kesib tashlandi

Shuningdek, 3 tup archaga jiddiy zarar yetkazilgan.

Boysunda 53 tup Zarafshon archalari kesib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun davlat o’rmon xo’jaligi hududida zarafshon archalari tag qismidan kesilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan izoh berdi.

 

Aniqlanishicha, Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Kengdala o‘rmon bo‘limining “Shappa”, “Movirli”, “Qora buloq”, “Chorshanbi” va “O‘rikli” massivlarida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida jami 53 tup turli diametrdagi Zarafshon archalari noqonuniy ravishda kesilgan, 3 tup archaga esa o‘sishdan to‘xtaydigan darajada zarar yetkazilgan.

 

Mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan vakolat doirasida chora ko‘rilmagan.

 

Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobaridan ortiqligi sababli mazkur holat bo‘yicha to’plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Boysunda 53 tup Zarafshon archalari kesib tashlandi | Zamon.uz