O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Mazkur hujjat kelgusi 5 yil uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov Moskvaga amaliy tashrifi doirasida Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi qator yo‘nalishlardagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida vazirlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.







