Samarqandda gaz portlashi oqibatida 7 kishi vafot etdi
Kuchli portlash oqibatida uy vayronaga aylangan.

Samarqand shahridagi “Bog‘isaroy” mahallasida joylashgan uylardan birida 8-maydan 9-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 nafarga yetdi.
Portlash natijasida uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan va 1, 2, 3-qavatlar hamda yerto‘la qismi jiddiy zarar ko‘rgan. Yong‘in yuz bermagan, ammo kuchli portlash zarbasi vayronalarga sabab bo‘lgan.
Qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, vayronalarni tozalash ishlarini olib borgan. Dastlab 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan bo‘lsa, 9-may kuni yettinchi jasad ham xarobalar ostidan chiqarib olingan.







