Samarqandda uch kishi bir yigitni kaltakladi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

9-may kuni soat 20:30 da Samarqand shahar “Kaftarxona” mahallasida yashovchi 18 yoshli yigit o‘ziga tegishli bo‘lgan skuterda Samarqand shahar “Charmgari” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotganida unga oldindan tanish bo‘lmagan Samarqand tumani “Gulobod” mahallasida yashovchi uch aka-ukalar otasi boshqaruvidagi “Malibu” rusumli avtomashinada ketayotgan vaqtida o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Mazkur janjal davomida 3 nafar aka-ukalar skuter haydavchisini urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







