Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Kecha, 11 may kuni soat 18:18 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Jasorat ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:25 da yetib borib, yong‘in soat 18:41 da qurshab olingan va soat 18:49 da o‘chirildi
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







