Uzbekistan Airways parvozlar jadvalini o‘zgartirdi
Bunga Pokiston va Hindiston chegarasi yopilgani sabab bo'ldi.

Pokiston va Hindiston chegarasida havo hududi yopilgani sababli Uzbekistan Airways bir nechta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvoz jadvalini o‘zgartirdi.
O‘zgarishlar Toshkentdan Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket yo‘nalishlari va ushbu shaharlardan qaytish reyslariga taalluqlidir.
Ba’zi holatlarda uchish vaqti 1,5 soatga yoki undan ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin. Bekor qilingan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilarga chipta pulini qaytarish yoki yaqin sanalarga bepul qayta bron qilish imkoniyati beriladi.







