O'zbekiston

Navoiylik ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etilgani aniqlandi

U pensiyaga chiqish paytida ushbu xatolik tufayli muammoga duch kelgan.

Navoiylik ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etilgani aniqlandi

Qiziltepa tumanida yashovchi Erkinoy Tilavovaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga ismi Erkin Tilavov hamda jinsi erkak sifatida yozilgan. Ayol pensiyaga chiqish paytida ushbu xatolik tufayli muammoga duch kelgan.

 

“Pensiyaga chiqish uchun hujjat tayyorlab yurgandim, arxivdan Tilavov Erkin chiqdi. “Metrika”ngiz chalkash deyishdi. Shu paytgacha hujjatlarga ishim tushmagandi”, degan Erkinoy Tilavova.

 

Qiziltepa tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Marusa Nosirova xato “metrika” bilan fuqarolik pasporti ham olinganini bildirgan.

 

“Biz elektron tizim va Erkinoy Tilavova qo‘lidagi hujjatlarni taqqoslab ko‘rganimizda fuqaroning tug‘ilish dalolatnoma yozuvlarida erkak jinsli farzand tug‘ilgani, familiyasi Tilavov va ismi Erkin ekani to‘g‘risida maʼlumotlar yozilgani aniqlandi. Hujjatga ota-onaning o‘zlari tuzatish kiritib qo‘yishgan va bu bilan fuqarolik pasporti olingan. Bugungi kunda elektron tizim bo‘lgani sababli muammoga duch kelishgan”, degan Marusa Nosirova.

 

Holat yuzasidan Qiziltepa tumani Adliya bo‘limi tomonidan FHDYO hamkorligida sudga fuqarolik faktini belgilash bo‘yicha daʼvo arizasi kiritilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Navoiylik ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etilgani aniqlandi | Zamon.uz