O'zbekiston

Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun vizani bekor qildi

1-iyundan O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz bora oladi.

Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun vizani bekor qildi

 

2025-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga vizasiz safar qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro vizasiz rejimni joriy etuvchi hukumatlararo bitim kuchga kirgan. Endilikda O‘zbekiston fuqarolari Xitoy hududiga vizasiz kirib borishlari, chiqishlari yoki tranzit orqali o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

 

Muhim shartlar quyidagicha:

  • Har bir safar 30 kundan oshmasligi,
  • Har qanday 180 kunlik davrda Xitoyda umumiy bo‘lish muddati 90 kundan oshmasligi lozim.
  • Agar fuqarolar 30 kundan ortiq qolmoqchi bo‘lsa, oldindan viza olishlari talab etiladi.

 

Bu vizasiz rejim mehnat faoliyati, o‘qish, jurnalistika yoki boshqa ruxsat talab qilinadigan faoliyat turlari uchun amal qilmaydi.

 

Shuningdek, ushbu bitim Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xitoy O‘zbekiston fuqarolari uchun vizani bekor qildi | Zamon.uz