Salomatlik

Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim?

Bu bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari eʼlon qilindi.

Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim?

Maʼlumki, bugundan boshlab 16 may kunigacha mamlakatimizning katta qismida havo harorati 42–43°C daraja issiqni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Jazirama nafaqat noqulaylik tug‘diradi, balki inson salomatligi uchun jiddiy xavf keltirib chiqaruvchi omil hamdir. Bunday ob-havo sharoitida organizmning termoregulyatsiya tizimiga katta yuk tushadi, bu esa mavjud surunkali kasalliklarning zo‘rayishiga yoki issiqlik bilan bog‘liq kasalliklar, jumladan, issiqdan organizmning umumiy holsizlanishi va hayot uchun xavfli bo‘lgan oftob urishi kabi holatlarning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

 

Yuqori harorat, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, yurak urishini tezlashtiradi va qon bosimini oshirishi mumkin. Organizmning tana haroratini meʼyorda saqlashga urinishi kuchli terlashga olib keladi, bu esa suvsizlanish xavfini oshiradi.

 

Xo‘sh, qanday ehtiyot choralarini ko‘rish lozim?

 

 

— Jazirama kunlari kunning eng issiq vaqti — soat 12:00 dan 16:00 gacha iloji boricha yopiq binolar yoki salqin joylarda bo‘lish tavsiya etiladi, — deydi mutaxassis. — Bu vaqtda quyosh nurlari eng kuchli bo‘lib, tananing qizib ketishi va quyosh urishi xavfi yuqori bo‘ladi. Agar ko‘chaga chiqish zarurati tug‘ilsa, soya joylarda yurish, soyabondan foydalanish va faollikni kunning salqinroq paytlari — ertalab yoki kechqurunga rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.

 

Shuningdek, uy sharoitida salqinlikni taʼminlash ham muhim. Masalan, kunduzi quyosh tushadigan tomondagi derazalarni yopiq holda saqlash, kechasi havo salqinlashganda derazalarni ochib, xonalarni shamollatish, kunning eng issiq vaqtlarida pech, kir yuvish mashinasi, quritgich kabi o‘zidan issiqlik chiqaruvchi maishiy texnikalardan foydalanishni cheklash kerak.

 

Jaziramada to‘g‘ri kiyim tanlash ham muhim. Yengil, keng bichimli, havoni yaxshi o‘tkazadigan tabiiy matolardan (paxta, ipak) tikilgan liboslarni kiyish tavsiya etiladi. Sintetik matolardan tikilgan kiyimlardan saqlanish lozim. Imkon qadar och rangli ust-boshlarni tanlash maqsadga muvofiq, chunki ular quyosh nurini yaxshiroq qaytaradi.

 

Ko‘chaga chiqqanda keng soyabonli bosh kiyim kiyish va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish shart. Boshni quyosh nuridan asrash juda muhim, chunki bosh miyaning qizib ketishi tezda issiq urishiga olib kelishi mumkin.

 

Kun davomida tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilish tana haroratini pasaytirishga yordam beradi. Muntazam yuvinish terining samarali nafas olishini taʼminlaydi. Ammo juda sovuq suvdan foydalanmaslik kerak, chunki haroratning keskin o‘zgarishi organizm uchun stress bo‘lishi va hatto pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Xona haroratidagi yoki biroz salqin suv eng maqbul variantdir.

 

Teriga, ayniqsa, bosh va bo‘yin sohalariga ho‘l sochiq yoki latta qo‘yish ham organizmni samarali sovitish usulidir.

 

Shuningdek, issiqda og‘ir jismoniy mehnat yoki sport bilan shug‘ullanish suvsizlanish, silla qurishi va oftob urish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bunday sharoitda yurak-qon tomir tizimiga tushadigan yuk ortadi, bu esa tayyorgarligi bo‘lmagan odamlarda yurak xuruji yoki insult xavfini yuzaga keltiradi.

 

Imkon bo‘lsa, sport bilan konditsionerli yopiq inshootlarda shug‘ullangan afzal. Mashg‘ulot paytida organizmga quloq solish, tez-tez dam olish, yetarli miqdorda suyuqlik ichish zarur. Bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki kuchli holsizlik kabi belgilar paydo bo‘lsa, mashg‘ulotni darhol to‘xtatish kerak.

 

Surunkali kasalliklari (gipertoniya, yurak kasalliklari, semizlik) bor insonlar issiqda jismoniy faollik bilan shug‘ullanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"