Toshkentda yana bir yong‘in yuz berdi
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Bugun, 15 may kuni soat 14:24 da Mirobod tumani Oltinko‘l ko‘chasida joylashgan buzilayotgan binoda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 14:36 ga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 14:52 da o‘chirilgan.
Aytilgan manzilda buzilayotgan binoda bitum va qurilish chiqindilari yonganligi aniqlandi. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.







