Xorazmda metan zapravka 3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o'g'irladi
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

“Uzenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hisoblash uskunasiga aralashib, gazdan noqonuniy tarzda foydalangan.
Mazkur qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 3 milliard 48 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.







