Qo‘qondagi korxonadan suyuq ammiak sizib chiqdi
Oqibatda 7 kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Bugun, 16-may kuni soat 20:30 atrofida Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida joylashgan korxonalardan birida temir yo‘l orqali olib kelingan ammiak kislotasini maxsus sisternaga quyish jarayonida kichik miqdorda to‘kilish holati kuzatilgan.
Voqea joyiga tezkor ravishda tegishli xizmatlar yetib borib, zarur choralar ko‘rilgan va vaziyat nazorat ostiga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 nafar fuqaro shifoxonaga murojaat qilgan. Ularning sog‘lig‘i tibbiy ko‘rikdan so‘ng qoniqarli deb topilib, uyiga javob berilgan.
Hozirda holat yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.








