Toshkentda vagon taʼmirlash deposi yonib ketdi
Holat yuzasidan FVB rasmiy maʼlumot berdi.

Kecha, 15 may kuni soat 23:58 da Mirobod tumani Turkiston ko‘chasida joylashgan Vagon taʼmirlash deposida yong‘in sodir bo‘lganliga to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in 01:31 da qurshab olingan va soat 02:48 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







