O'zbekiston

Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi

Xizmat tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilgan.

Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi

Raqobat qo‘mitasiga fuqarodan “ENVIRON PG” MCHJga tegishli “Estelle” go‘zallik salonida amalga oshirilgan “sariq piling” natijasida uning yuz terisining asosiy qismi (taxminan 80 foizi) qattiq kimyoviy ko‘yishga uchraganligi va bu holat og‘ir davolash jarayoni hamda moliyaviy yuklamalarga sabab bo‘lganligi haqida murojaat kelib tushgan.

 

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlil ishlari natijasida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

 

Xususan, “Estelle” go‘zallik saloni tomonidan tibbiy litsenziya talab qilinadigan kosmetologik xizmatlar hech qanday tegishli ruxsatnomalarsiz amalga oshirilgani, piling xizmati ko‘rsatgan xodimning oliy tibbiy maʼlumotga egaligi tasdiqlanmagani, ko‘rsatilgan protseduralar belgilangan sifat va xavfsizlik standartlariga javob bermasligi maʼlum bo‘ldi.

 

Jabrlanuvchi ko‘rgan og‘ir oqibatlar va “Estelle” go‘zallik saloni faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi — litsenziya yoki boshqa ruxsatnoma talab qilinadigan faoliyatni tegishli hujjatlarsiz amalga oshirish alomatlari mavjudligi inobatga olingan holda, Qo‘mita tomonidan to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqiy baho berilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi salonda ayolning yuzi kuydirib qo‘yildi | Zamon.uz