Jahon banki O‘zbekistonga 100 mln dollar ajratdi
Mablag' elektr ta’minotini yaxshilashga yo'naltiriladi.

Jahon banki O‘zbekistonda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilishga qaratilgan yangi dasturni moliyalashtirish uchun 100 million dollar imtiyozli kredit ajratadi.
Dastur umumiy qiymati 150 million dollar bo‘lib, unga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ham qo‘shimcha 50 million dollar mablag‘ ajratiladi.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan asosiy ishlar:
6 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlari quriladi va modernizatsiya qilinadi;
1 200 ta transformator (250 MVA quvvatga ega) yangilanadi va o‘rnatiladi;
150 mingta “aqlli” hisoblagich joriy etiladi;
4 mingta ma’lumotlar konsentratori orqali tarmoqlar raqamlashtiriladi.
Dastur asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida elektr ta’minoti sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.







