Bugun Toshkentning 5 ta tumanida vaqtincha gaz bo‘lmaydi
Bu haqda mutasaddi tashkilotlar ma’lum qildi.

Ta’mirlash ishlari sababli bugun Toshkent shahri bo‘ylab 1 000 dan ortiq yerli xonadon va 100 dan ortiq ko‘p qavatli uylarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda mutasaddi tashkilotlar ma’lum qildi.
Gaz uzilishi quyidagi hududlarni qamrab oladi: Olmazor tumanining “Qizg‘aldoq” MFYda 235 ta xonadon (soat 10:00–17:00), Chilonzor tumanining “Katta Olmazor” MFYda 12 ta ko‘p qavatli uy (10:00–16:00), Shayxontohur tumanidagi Navoiy ko‘chasida 8 ta uy (10:00–16:00), Mirzo Ulug‘bek tumanining “Mevazor” MFYda 483 ta xonadon (10:00–18:00), hamda Sergeli tumanining “Nomdanak” MFYda 510 ta xonadon (10:00–18:00).
Shuningdek, har bir tumanda bir nechta yirik iste’molchilar ham vaqtincha gazsiz qoladi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mirlash ishlari yakunlangach, ta’minot tiklanadi.







