O'zbekiston

“Durdona” folklor ansambli: milliy madaniyatimizga sadoqatning 20 yillik tarixiy yo‘li

Ansamblning yubiley bayrami keng nishonlandi.

“Durdona” folklor ansambli: milliy madaniyatimizga sadoqatning 20 yillik tarixiy yo‘li

2025-yil 20-may kuni Uchtepa tuman Madaniyat markazida “Durdona” folklor ansamblining tashkil topganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan tantanali yubiley bayrami bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda tumandagi madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar, jamoatchilik vakillari, faxriy ustozlar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Bayramona kechada “Durdona” ansambli tomonidan tayyorlangan milliy kuy-qo‘shiqlar, an’anaviy raqslar, sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Milliy liboslar, doira sadosi va zamonaviy sahnalashtirish orqali ansambl a’zolari o‘zbek xalqining boy madaniy merosini yana bir bor yorqin tarzda namoyish etdilar.

 

Tadbir davomida katta ekranda ansamblning o‘tgan yillardagi faoliyatini aks ettiruvchi fotolavhalar namoyish etildi. Bu orqali tomoshabinlar ansamblning bosib o‘tgan yo‘li, yutuqlari va sahnadagi unutilmas lahzalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

 

Tantanali kechada so‘zga chiqqanlar “Durdona” ansamblining tuman madaniy hayotida tutgan o‘rnini alohida e’tirof etib, ularning yoshlarga bergan tarbiyaviy ta’siri, xalq og‘zaki ijodiyoti va an’analarini asrab-avaylash borasidagi xizmatlarini yuqori baholadilar.

 

Eslatib o‘tamiz, “Durdona” folklor ansambli 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu kungacha o‘nlab mahalliy va respublika miqyosidagi tadbirlarda ishtirok etib kelmoqda. Ansambl faoliyati milliy madaniyatni asrash, xalq og‘zaki ijodi va qadimiy kuy-qo‘shiqlarni yosh avlodga yetkazish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilib kelmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Durdona” folklor ansambli: milliy madaniyatimizga sadoqatning 20 yillik tarixiy yo‘li | Zamon.uz