O‘zbekiston ayrim davlat fuqarolariga ID-karta bilan kirishga ruxsat bermoqchi
Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘iston fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish soddalashadi.

O‘zbekiston Ozarbayjon, Qozog‘iston va Rossiya fuqarolariga mamlakatga ichki pasport yoki ID-karta orqali kirishga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan tegishli farmon asosida ilgari surilgan. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi uch oy ichida bu masala bo‘yicha muzokaralarni boshlashi lozim.







