Surxondaryoda Cobalt kanalga tushib ketdi
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Kecha, 20-may kuni soat 16:29 da Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Istiqlol yulduzi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Hazarbog‘” kanaliga “Cobalt” rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.







