Toshkent metrosida yigit begona ayolga shilqimlik qildi
Sud qarori bilan unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

2025 yil 20 may kuni Shayxontohur tuman sudida 19 yoshli yigitga nisbatan maʼmuriy jazoga oid qaror chiqarildi. U metropoliten hududida notanish ayolga jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan nojo‘ya harakatlar qilgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, yigit 16 may kuni Paxtakor metro bekatidan Xalqlar Do‘stligi bekatiga harakatlanayotgan vaqtda, Sh. A ga nisbatan nomunosib harakatlar qilgan. U ayolning belidan past qismini ushlab, shahvoniy teginishda ayblangan.
Sudda yigit o‘z aybini tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan. Unga MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi asosida 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







