O'zbekiston

Toshkentda metro haydovchisi homilador rafiqasini o‘ldirdi

Ayolning jasadi Salar kanalidan topilgan.

Toshkentda metro haydovchisi homilador rafiqasini o‘ldirdi

Toshkent metropoliteni mashinisti bo‘lib ishlagan 28 yoshli erkak o‘z homilador rafiqasini pichoqlab o‘ldirgani uchun sudlangan. Jinoyat 2023-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan bo‘lib, u jasadni Salar kanaliga tashlab, voqea joyidan qochib ketgan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayol oilaviy kelishmovchiliklar sabab ota-onasining uyiga ko‘chib o‘tgan. Erkak uni ishdan olib ketish bahonasi bilan mashinaga o‘tqazgan va yo‘lda janjal vaqtida oshxona pichog‘i bilan ko‘kragiga urgan. Ayol voqea joyida vafot etgan. Marhuma tibbiyot muassasasida ishlagan va homilador bo‘lgan.

 

Sudda ayblanuvchi qilgan jinoyatini tan olib, sevib turmush qurganini, lekin so‘nggi vaqtlarda kelishmovchiliklar kuchayganini, va pushaymonligini aytgan. Marhumaning yaqinlari esa erkak nafaqat ayolni, balki tug‘ilmagan farzandini ham o‘ldirganini ta’kidlab, eng og‘ir jazo — umrbod qamoq talab qilishdi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, D.N. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b” bandi — homilador ayolni atayin o‘ldirish bo‘yicha aybdor deb topilib, unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda metro haydovchisi homilador rafiqasini o‘ldirdi | Zamon.uz