Alimentdan qochgan ota endi quduq ichidan topildi
Hozirda undan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi fuqaro 1 nafar farzandi uchun aliment to‘lashi kerak bo‘lgan, lekin ota ushbu aliment pullarini to‘lamasdan bo‘yin tovlab kelgan.
Unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan. Maxsus xodimlar tomonidan qarzdorni qidirib topish bo‘yicha olib borilgan ishlar davomida u o‘z yashab turgan xonadonida joylashgan quduqqa yashirinib olgani aniqlangan.
Ayni damda qarzdordan aliment pullarini undirish, qarzdorlik qoplanmagan taqdirda unga nisbatan qonun doirasida javobgarlikka tortish masalasi ko‘rilmoqda.







