O'zbekiston

IIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

IIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Toshkent shahar Adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida ishlab kelgan, 1992-yil Urganch shahrida tug‘ilgan shaxs Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni o‘zining mansabdor yaqin tanishlari orqali ichki ishlar organlariga mo‘may pul evaziga oson ishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Qolaversa, bu "uddaburon" shaxs lavozimlarning mavqei va mansabiga qarab o‘zicha narx ham belgilab, oddiy askarlar tarkibidagi lavozimlarga kiritib qo‘yish uchun 1500 AQSH dollari, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish uchun esa 2000 AQSH dollari talab qilgan. 

 

DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda "uddaburon" adliya xodimi vositachi orqali 1900 AQSH dollari va 1 mln. 295 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.  

 

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbirda esa Milliy Gvardiyaning Qo‘riqlash boshqarmasi Qarshi shahar bo‘limi xodimi Koson tumanida yashovchi bir fuqaroni o‘zining mansabdor tanishlari orqali viloyat IIBga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

 

Hozirda har ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

IIBga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi | Zamon.uz