Italiya bosh vaziri 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
Muzokaralar Samarqand shahrida bo'lib o‘tadi.

Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni 28-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Italiya hukumatining rasmiy sayti xabar berdi.
Samarqandda siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Giorgia Melonining tashrifi Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.







