1-iyuldan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari oshadi
To‘lovlarning yangi ta’riflari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi qaroriga binoan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar joriy etiladi.
Yangi narxlar (QQSsiz):
Ichimlik suvi:
• Aholi uchun: 2 600 so‘m (hozirda 2 000 so‘m)
• Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun: 15 000 so‘m
Oqova suv:
• Aholi uchun: 1 300 so‘m (hozirda 1 000 so‘m)
• Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun: 3 000 so‘m
Bu o‘zgarishlar “Toshkent viloyati suv ta’minoti”, “Musaffa Obi hayot magistral suv ta’minoti” hamda “Chimyon-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti” larida ham amal qiladi.







