O'zbekiston

Namanganda 19 yoshli yigit mashinada yonib ketdi

Holat yuzasidan viloyat FVB maʼlumot berdi.

Namanganda 19 yoshli yigit mashinada yonib ketdi

Hodisa kecha, 25 may kuni soat 20:49 larda Namangan shahar “Yangi asr” MFY hududidan o‘tgan yo‘lining 87-kilometrida yuz bergan. 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya-3 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketgan va archa daraxtiga urilishi natijasida avtomashinada yong‘in chiqqan.

 

Soat 21:03 da yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, soat 21:05 da yong‘in qutqaruvchi va fuqarolar tomonidan bartaraf etilgan.

 

Hodisa oqibatida avtomashina to‘liq yonib zararlangan hamda haydovchi voqea joyida vafot etgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"