O'zbekiston

“Afrosiyob” emas, manyovr lokomotivi yondi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” rasmiy izoh berdi.

“Afrosiyob” emas, manyovr lokomotivi yondi

Chorshanba kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poezdida yong‘in chiqqani aks etgan video tarqaldi. Bunga izoh bergan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, hodisa tez yuruvchi poezdga emas, yordamchi harakatlar uchun xizmat qiluvchi manyovr lokomotiviga taalluqli ekanini ma’lum qildi.

 

“Afrosiyob” poezdi yong‘inga uchramagan va reja asosida ertaga harakatni davom ettiradi. Yong‘in vaqtida poezdda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Hodisa reysdan tashqarida sodir bo‘lgan”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

 

Mutaxassislar tomonidan yong‘in tezda o‘chirilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” hodisa bo‘yicha keyinchalik batafsil ma’lumot berilishini bildirgan. Shu bilan birga, “Afrosiyob” poezdining barcha yo‘nalishlari odatdagi jadval asosida qatnayveradi.

custom img

Toshkent viloyatidagi bog‘cha bolalari sutdan emas, go‘shtdan zaharlanganmi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudida bog‘chalarda bolalar zaharlanganiga oid navbatdagi ochiq sud bo‘ldi.

custom img

O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlandi

Raxmatulla Djabbarovning milliy madaniyat, urf-odat va an’analarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni Vatanga muhabbat, sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati alohida e’tirof etildi.

custom img

Markaziy Osiyo urush faxriylariga qanchadan pul berdi?

Bu yil 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 mln so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladigan bo‘ldi. Umuman olganda, 2026 yil holatiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda nechta urush faxriysi yashamoqda va bu yil ularga qancha mukofot puli to‘lanyapti?

custom img

G‘alaba bog‘ida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xotirasi yod etildi

Prokuratura organlari tomonidan urush faxriylari va front ortida xizmat qilganlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkil etildi.

custom img

Rossiyada O‘zbekistondan olib kirilgan 20 tonna pomidorda xavfli virus aniqlandi

Zararlangan mahsulot partiyasi qaytarilishi yoki yo‘q qilinishi mumkin.

custom img

Milliy mediada kadrlar salohiyatini yuksaltirishning amaliy natijalari: Navoiyda “Media haftalik” yakunlandi

Tadbir davomida 200 ga yaqin ishtirokchiga sertifikat, 12 nafar faol kontent-meykerga esa maxsus kartalar topshirildi.

custom img

Toshkentda mast erkak yo‘l o‘rtasiga chiqib, harakatga to‘sqinlik qildi

Jamoat tartibini buzgan shaxsga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Endi bankdan 500 dollargacha pasportsiz valyuta olish mumkin

Yangi tartib rasmiy e’lon qilinganidan uch oy o‘tgach kuchga kiridi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"